20:30 / 22.12.2016
6787

Internetda iPhone 7 Plus smartfoni yuzasidan shikoyatlar bildirildi

Foto: Getty Images

Internetda foydalanuvchilar Apple kompaniyasining iPhone 7 Plus flagman smartfonining kamerasidan shikoyat qilmoqdalar. Bu haqda Reddit saytida yozildi.

Ma'lum qilinishicha, smartfondagi "Kamera" dasturi ba'zida ochilmay, faqatgina qora ekranni ko‘rsatib turadi. Bundan tashqari, ba'zi suratlardagi soyalar yashil yoki binafsha rang ko‘rinish oladi. Ba'zi foydalanuvchilarning aytishicha, qurilma paypaslaganda biroz issiqroq bo‘lsa-da, "Kamera" dasturi tizim qizib ketgani haqida xabar chiqarmoqda.

 

Top