19:59 / 22.12.2016
8423

Mosuldagi bozorda kuchli portlash ro‘y berdi, ko‘plab qurbonlar bor

Foto: REUTERS

Iroqning Mosul shahridagi bozorda ro‘y bergan portlash oqibatida kamida 15 oddiy fuqaro va sakkiz nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi xabar bergan, deb ma'lum qildi Associated Press o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

The Indian Express’ning ta'kidlashicha, ichida portlovchi moddalar o‘rnatilgan uch avtomobil portlagan.

Mosul ikki yildan oshiqroq vaqt davomida IShID jangarilari nazoratida turibdi. Shaharni ozod qilish bo‘yicha yer ustidagi harbiy amaliyot joriy yilning 17 oktabr kuni boshlandi. Unda Iroq muntazam armiyasi bo‘linmalari, kurd ko‘ngillilar otryadlari va ko‘ngillilar tuzilmalari ishtirok etmoqda. AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya esa havodan hujum qilib, artilleriya yordamida ko‘mak bermoqda. 

Shaharga hujum qilayotgan qo‘shinlarning umumiy soni 100 ming kishini tashkil etadi. AQSh razvedkasi ma'lumotlariga ko‘ra, ularga taxminan besh ming jangari qarshilik ko‘rsatayotgan bo‘lishi mumkin.
 

Top