09:52 / 22.12.2016
4826

«Shapekoense» Janubiy Amerika Kubogini qabul qilib oldi

Janubiy Amerika Kubogi chorshanba oqshomida Braziliyaning «Shapekoense» jamoasi vakillariga topshirildi. Kolumbiyadagi aviahalokatda deyarli barcha futbolchilaridan ayrilgan jamoaga finaldagi raqib bo‘lgan «Atletiko Nasonal» ushbu mukofotni topshirishni so‘ragandi.

Libertadores-2017 uchun Paragvay poytaxti Asunson shahrida o‘tkazilgan qur'a tashlash marosimi vaqtida klub rahbariyatiga ushbu mukofot topshirildi. «Atletiko Nasonal»ga esa Fair Play uchun mukofot taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 29 noyabrda Kolumbiyada aviahalokatga uchragan samolyotda 71 nafar odam, jumladan jamoaning 19 nafar futbolchisi vafot etgandi.

Mavzuga oid
Top