10:44 / 23.12.2016
10157

Angliyalik GPS-treker yordamida ajoyib suratlar chizdi

London yaqinidagi shaharchalardan birida yashovchi Ouen Delani GPS-koordinatalar yordamida yugurib o‘tilgan yo‘lni tuzib bera oladigan Strava fitnes-trekeri yordamida Yangi yil ramzlari bo‘lgan archa, Santa Klaus va qorbobo suratlarini chizdi. Yugurishni xush ko‘radigan Delanining bu suratlarini The Telegraph nashri chop etdi.

Gap shundaki, u bu suratlarni yugurib o‘tib paydo qilgan. Uning bosib o‘tgan yo‘li esa trekerda akslangan.  

Delanining aytishicha, uni GPS-treker yordamida surat chizishga bog‘dagi favvora ilhomlantirdi. U treker xaritasida katta ko‘k dog‘ sifatida tasvirlanadigan bu favvora Rojdestvo bug‘uchasi Rudolfning burniga juda mos kelishi haqidagi fikrga kelgan.

Ikki farzandning otasi, 42 yoshli Delani Santa Klausni hosil qilish uchun eng ko‘p masofa, ya'ni 11,5 km yugurib o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. Uning aytishicha, odamlar u hosil qilgan suratlarni tabassum ila qarshilashlari uni zavqlantiradi. Uning farzandlari otasining bu qiziqishini uncha tushunmasalarda, biroq hamisha "rassom" otalarini tabassum bilan olqishlaydilar.

Avvalroq GPS-trek bilan surat chizishga uchuvchilar qiziqib qolganlari ma'lum qilingandi. Ular o‘z parvoz yo‘llarini Flightradar24 servisi orqali kuzatib borishgan. Ular yaratgan suratlar orasida "hello" so‘zi ko‘rinishidagi surat ham bo‘lgan.

 

Top