12:51 / 23.12.2016
15947

Galina Melnikova Xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 dekabr kuni Milliy teleradiokompaniyaning taniqli suxandoni Galina Melnikovaga «O‘zbekiston Respublikasi Xalq artisti» faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Suxandon shu kuni 80 yoshini qarshi oldi.

Hujjatda qayd etilishicha, faxriy unvon «O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasidagi ko‘p yillik samarali ijodiy faoliyati, diktorlik san'atini rivojlantirish, xalqimizning ma'naviy salohiyatini yuksaltirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun» berildi.

Galina Melnikova — oliy toifali suxandon, televideniyeda 1956 yil 26 dekabrdan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ko‘p yillar davomida «Axborot» informatsion dasturida boshlovchilik qilgan, turli tantanali marosimlarni olib borgan.

Mavzuga oid
Top