17:28 / 23.12.2016
13500

Imomali Rahmon 2016 yilning tojik xalqi uchun qanday kelganini ma'lum qildi

Foto: Press-slujba prezidenta RT

Tojikistonning 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish natijalari va 2017 yildagi vazifalar hukumatning 23 dekabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida muhokama qilingan. 

Hukumat majlisini ochib bergan davlat rahbari Imomali Rahmonning so‘zlariga ko‘ra, 2016 yil tojik xalqi uchun haqiqatda tarixiy va omadli yil bo‘lgan va umuman «yil sezilarli natijalar bilan yakunlanmoqda».

Mamlakat bosh vaziri Qohir Rasulzodaning o‘z hisobotida ta'kidlashicha, tashqi omillarning salbiy ta'siriga qaramay, barqaror iqtisodiy o‘sish saqlab qolingan, makroiqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha vazifalar bajarilgan. 

Uning aytishicha, mamlakat YaIM (yalpi ichki mahsuloti) 54 mlrd somoni (6 854 810 000 AQSh dollari)dan ko‘p bo‘lib, uning real o‘sishi 6,9 foizni tashkil etgan. 

Shu bilan birga, davlat byudjyetiga 16,8 mlrd somoni (2 132 610 000 dollar) tushgan va byudjyet talabi 95 foizga bajarilgan. Mamlakat byudjyetiga 907 mln somoni (115 mln dollardan ko‘proq) mablag‘ kelib tushmagan.

Soliq rejasi 98,2 foizga, bojxona yig‘imlari 90,1 foizga bajarilgan.

Mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida bosh vazir va uning birinchi o‘rinbosariga aniq topshiriqlar berilgan. 

 

Top