18:56 / 23.12.2016
17934

“Lokomotiv” futbolchilariga oltin medallar va Chevrolet Gentra kalitlari topshirildi

Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasida o‘tkazilgan tadbirda 2016 yilgi O‘zbekiston chempioniga aylangan “Lokomotiv” jamoasi futbolchilariga oltin medallar topshirildi. Bu haqda Tribuna.uz xabar bergan.

Xabarga ko‘ra, medallar “O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Davron Dexkanov va O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti Sardor Rahmatullayev tomonidan topshirilgan. 

Klub bosh homiysi sanaladigan “O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJ tomonidan esa “Lokomotiv”ning chempionlikka erishishiga katta xissa qo‘shgan barcha futbolchi va murabbiylarga so‘nggi rusumdagi Chevrolet Gentra avtomobillari kaliti ham topshirilgan.

Foto: Lokomotiv.uz
Foto: Lokomotiv.uz
Foto: Lokomotiv.uz
Foto: Lokomotiv.uz
Foto: Lokomotiv.uz
Top