11:37 / 23.12.2016
13602

Mashhur basketbolchi Messi va Ronalduni solishtirdi

Amerikalik mashhur basketbolchi, «Los-Andjyeles Leykers» afsonasi Kobi Brayant «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va «Barselona» hujumchisi Lionel Messini o‘zaro taqqosladi.

«Messi yoki Ronaldu? Ulardan kim yaxshiligini aytish qiyin. Bu sening qanday futbolni yoqtirishingga bog‘liq. Agar «tiki-taka» o‘ynasang - jamoangda Messini bo‘lgani yaxshiroq, agar tajovuzkor o‘yin o‘ynasang - bunga Ronaldu mos keladi», degan Brayant.

Top