19:24 / 23.12.2016
22544

Putin AQSh bilan munosabatlar va Trampning taklifi haqida gapirdi

Foto: © RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelasi yili AQSh bilan davlatlararo munosabatlar yaxshilanishidan umidvor ekanini bildirib o‘tdi. O‘zgarishlar xavfsizlik va iqtisodiyot masalalaridagi o‘zaro aloqalarga ham ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

“Bizning davlatlaroaro munosabatlarimiz o‘zgarishi, mamlakatlarimiz va butun dunyo oldida turgan muammolarni hal etish uchun o‘zaro aloqalarning mustahkamlanishi shart. Bizda o‘zaro ishlar uchun ko‘plab mavzular bor”, - dedi Putin an'anaviy har yilgi matbuot anjumanida qatnasharkan. U AQSh bilan kelasi yili munosabatlar qanday bo‘lishi haqidagi savolga shunday javob qaytardi. 

Shuningdek, Putin yangi prezident Donald Tramp taklif yuborsa, AQShga borishga tayyorligini ham aytib o‘tgan.

“Tramp bunday taklif bilan chiqsa, men albatta boraman”, - dedi Putin.

Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Tramp bilan uchrashuv chog‘ida Rossiya va AQSh munosabatlarini yaxshilash asosiy masalaga aylanadi. “Janob Tramp saylovoldi kampaniyasi davomida rossiya-amerika aloqalarini yaxshilash lozimligini yaxshi tushunayotgani haqida gapirdi. Ular bundan ham yomon bo‘lishi mumkin emasligi haqida gapirdi. Men uning fikrlariga to‘liq qo‘shilaman. Biroq, birgalikda yaxshiroq bo‘lish uchun harakat qilishimiz kerak”, - deya ta'kidlab o‘tdi davlat rahbari.

Rossiya yetakchisi AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv qachon bo‘lishini aniq bilmasligini aytdi.

“Hozir nimanidir aytish qiyin. Avvaliga, Qo‘shma Shtatlar saylangan prezidentiga o‘z jamoasini shakllantirib olishi uchun vaqt kerak”, - ta'kidlab o‘tdi Putin.
 

Top