19:31 / 23.12.2016
39870

Rossiya prezidenti Rossiya elchisining o‘ldirilishi ortida kimlar turgan bo‘lishi mumkinligini aytdi

Foto: TASS

Suriyada Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirilishi va Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning o‘ldirilishi ortida Rossiya-Turkiya munosabatlariga ziyon yetkazmoqchi bo‘lganlar turgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin katta matbuot-anjumanida aytib o‘tdi.  

"Yaqinda yuz bergan fojia, Rossiya elchisining o‘ldirilishi, bu albatta Rossiyaga, Rossiya-Turkiya munosabatlariga tajovuz qilishdir. Shubhasiz", deb aytdi Putin.

"Ochiqchasiga aytaman, men bizning samolyot Turkiya rahbariyatining buyrug‘isiz, Rossiya-Turkiya munosabatlariga ziyon yetkazmoqchi bo‘lganlar tomonidan urib tushirilgani haqidagi tezisga shubha bilan qaraganman. Biroq hozir, elchimizga maxsus kuchlar xodimi tomonidan amalga oshirilgan hujumdan keyin bu fikrimni o‘zgartirmoqdaman. Menga barcha narsaning iloji bordek va davlat tuzilmalariga, shu jumladan, huquq-tartibot muassasalariga, Turkiya armiyasiga buzg‘unchi unsurlarning kirishi mumkindek tuyulmoqda", deb fikrlarini davom ettirdi Putin.  

"Men hozir kimgadir ishora qilishga, kimnidir ayblashga haqliman deb o‘ylamayman, biroq bu fakt, bu yuz bermoqda. Bu Rossiya-Turkiya munosabatlariga xalaqit bermaydimi? Yo‘q, xalaqit bermaydi. Chunki biz Rossiya-Turkiya munosabatlari muhimligini, uning ahamiyatini tushunamiz va ularni har qanaqasiga rivojlantirishga intilamiz", deb ta'kidlab o‘tdi Rossiya prezidenti. 

"Biz oxirgi yilda, munosabatlar yaxshilangandan keyin murosalarni topishga muvaffaq bo‘lganmiz. Umid qilamanki, bu murosaralarni kelgusida ham topa olamiz", deb bu boradagi fikrlarini intiholadi Putin.

Top