00:44 / 24.12.2016
7552

Bokschi Povetkinning doping-namunasida topilgan taqiqlangan modda juda oz miqdorda bo‘lgan

Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkinning doping-namunasida topilgan taqiqlangan modda juda oz miqdorda bo‘lgan (bir millilitrga 20 pikogramm). 20 pikogramm bu grammning trilliondan 20 ulushidir. Moddaning bunday oz miqdorda ekanligi uning ataylab ichilmaganidan darak beradi. Bu taqiqlangan modda sportchining organizmiga ovqat yoki oziqaviy qo‘shimcha orqali kirgan bo‘lishi mumkin.

"Ha miqdor juda oz. Stivern bilan jangga hech qanday aloqasi yo‘q", deb ma'lum qildi "Mir boksa" promouterlik kompaniyasidagi manba.

Avvalroq bokschining doping-namunasida ostarin taqiqlangan moddasi aniqlangandi va shu sababli kanadalik Bermeyn Stivern u bilan jang qilishni rad etgan. WBC vakillari bundan avval tashkilotning vaqtinchalik chempioni kamarini ortga qaytarib olganlar. Bokschilar aynan shu kamar uchun jang qilishlari kerak edi.

Povetkinning ushbu ishi bo‘yicha tergov 2017 yil boshida yakunlanadi.

 

Mavzuga oid
Top