08:32 / 24.12.2016
31608

Qozog‘istonlik qiz o‘z sochlarini yeyishi og‘ir oqibatga olib keldi

Foto: anews.com

Qozog‘istonning Taraz shahrini Muhabbat  ismli qizcha voqeasi hayratlantirdi. Yaqinda jarrohlar qizni operatsiya qilishdi va uning oshqozonidan bir kilogramm soch chiqarib olishdi. 11 yoshlik qizchaning oshqozoni to‘liq va ichaklarining bir qismi soch bilan to‘lgan bo‘lgan. 

Qizcha tunda shifoxonaga olib kelingan. U qornidagi og‘riqlardan to‘xtamay yig‘lagan. Qizcha to‘la oshqozoni bilan na ovqat yeya olgan, na suv icha olgan. Jarrohlar uning oshqozoniga yetib borishganda, unda bir uyum sochni aniqlashgan. U tashqi ko‘rinishidan namat matosiga o‘xshash bo‘lgan.  

Aniqlanishicha, qizcha Rapuntsel sindromidan aziyat chekkan. Bu sindrom ruhiy kasallik bo‘lib, undan aziyat chekuvchilar asabiylashish vaqtida o‘z sochlarini yeyishni boshlaydilar. Ajab emaski, bu muammo ko‘pincha oshqozon-ichak yo‘lida jiddiy oqibatlarga olib keladi.

Bunday kasallikda ichak va oshqozonni jarrohlik aralashuvisiz tozalab bo‘lmaydi va bunday muolaja zudlik bilan amalga oshirilishi lozim.

 

Top