23:40 / 24.12.2016
9402

Ueyn Runiga katta maosh taklif qilishmoqda

Xitoy klublari Angliyaning "Manchester Yunayted" hujumchisi Ueyn Runiga haftasiga 700 ming funt maosh to‘lamoqchi. Bu haqda Mirror xabar bermoqda. 

31 yoshli futbolchi uchun "Guanchjou Evergrand Taobao" va "Beytszin Goan" klublari kurash olib bormoqda. 

Ma'lum qilinishicha, angliyalik futbolchi yozgi transferlar vaqtigacha jamoadan ketmasligi aniq. 

Eslatib o‘tamiz, Runi 2004 yil "Manchester Yunayted" "Everton"dan kelib qo‘shilgandi. 
 

Top