13:13 / 24.12.2016
48543

O‘zbekistonlik aktrisa KVN chempioni bo‘ldi

"Osiyo MIX" KVN-jamoasi Quvnoqlar va zukkolar klubi Oliy ligasining 2016 yilgi finalida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda KVN Xalqaro ittifoqi rasmiy sayti xabar qilgan.

"Osiyo MIX" g‘oliblik uchun Qozog‘istonning “Sparta” va Rossiyaning uch jamoasi bilan kurash olib bordi. Qirg‘iziston Respublikasi sharafini himoya qilgan jamoa tanlovning uch bosqichiga ko‘ra 10,9 ballni qo‘lga kiritgan.

"Osiyo MIX" – Qirg‘izistonning nafaqat finalga yetib borgan, balki unda g‘olib chiqqan birinchi jamoasiga aylandi. U o‘tgan yilgi o‘yinlarda yarim finalga qadar yetib borgandi. 

Eslatib o‘tamiz, jamoa tarkibida o‘zbekistonlik aktrisa Setora Farmonova ham bor.


 

Mavzuga oid
Top