20:12 / 25.12.2016
8490

Chili janubida kuchli zilzila yuz berdi

Foto: ria.ru

Chili sohillari yaqinida 7,6 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi, deb xabar bermoqda Yevropa O‘rta yer dengizi seysmologik markazi (ESCM). Bu vaqtda AQSh geologik xizmati zilzila magnitudasi 7,7 bo‘lganini ma'lum qildi.

Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 11.22da qayd qilingan, uning markazi Puerto-Kelon shahridan janubi-sharqiy tomon 26 km uzoqlikda bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i 40 km chuqurlikda bo‘lgan.

Tinch okeani sunamilardan ogohlantirish markazi mutaxassislari Chili sohillari yaqinida to‘lqinlar paydo bo‘lishi mumkinligini e'lon qilishdi. Gap zilzila markazidan ming kilometr radiusdagi hudud haqida ketmoqda. 

AQSh markazi Chilidagi zilzila sababli Gavayi orollariga sunami xavfi yo‘qligini ma'lum qilgan.

 

Mavzuga oid
Top