Sochidan Suriyaga parvoz qilgan va 25 dekabr erta tongda radarlardan yo‘qolib qolgan Tu-154 harbiy samolyoti Qora dengiz ustida falokatga uchragan. Samolyotda 90 dan ko‘proq odam, jumladan Aleksandrov nomidagi qo‘shiq va raqs ansambli artistlari, "Spravedlivaya pomoshch" xalqaro jamoatchilik tashkiloti rahbari Yelizaveta Glinka (doktor Liza), Rossiya mudofaa vazirligi madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Anton Gubankov, Aleksandrov nomidagi ansambl badiiy rahbari general-leytenant Valeriy Xalilov hamda Rossiyaning Birinchi kanali, NTV va "Zvezda" telekanallari jurnalist va operatorlari bo‘lgan.
Rossiya armiyasining A.V.Aleksandrov nomidagi qo‘shiq va raqs akademik ansambli
Rossiya mudofaa vazirligi madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Anton Gubankov
Rossiya qurolli kuchlari harbiy-orkestr xizmati boshlig‘i, bosh harbiy dirijyor, general-leytenant Valeriy Xalilov
Yelizaveta Glinka (doktor Liza)
Birinchi kanal jurnalisti Dmitriy Runkov
Birinchi kanal jurnalisti Aleksandr Soydov
Birinchi kanal jurnalisti Vadim Denisov
"Zvezda" telekanali jurnalisti Aleksandr Suranov
"Zvezda" telekanali jurnalisti Valeriy Rjyevskiy
"Zvezda" telekanali jurnalisti Pavel Obuxov
NTV telekanali jurnalistlari Mixail Lujyetskiy, Oleg Pestov va Yevgeniy Tolstov