00:29 / 25.12.2016
5933

Xitoylik tennischi Li Na ikkinchi farzand ko‘rdi

Foto: Twitter/Tennis_photos

23 dekabrda jahonning sobiq ikkinchi raqamli ayol tennischisi, xitoylik Li Na va uning turmush o‘rtog‘i Shan Tszyan ikkinchi farzand ko‘rishdi. O‘g‘il chaqaloqqa Sapatszou deb ism qo‘yishdi.

2015 yilda Li Na Alisa ismli qiz farzand ko‘rgandi. Qiz 3 iyunda onasining "Rolan Garros" musobaqasida g‘olib bo‘lganining 4-yilligida dunyoga kelgan. 

Li Na WTA’ning 9 ta musobaqasida, jumladan "Rolan Garros"-2011 va Australian Open-2014’da g‘olib bo‘lgan. 2014 yil sentabrda tennischi o‘z faoliyatini yakunlagan. 

Bu haftada yana bir tennischi, belaruslik Viktoriya Azarenko ham farzandli bo‘ldi. U o‘g‘il farzand ko‘rdi. 

Mavzuga oid
Top