08:10 / 25.12.2016
8597

Isroil bosh vaziri BMT bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishga buyruq berdi

Foto: Reuters

Isroil BMT Xavfsizlik kengashi Isroil tomondan Falastin hududlarida turar joylar qurilishini to‘xtatish talab qilingan rezolyutsiyani qabul qilgandan keyin xalqaro tashkilot bilan o‘z munosabatlarin qayta ko‘rib chiqmoqchi, deb aytdi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Men tashqi ishlar vazirligiga BMT bilan barcha aloqalarimizni, jumladan BMTning Isroil institulari tomonidan moliyalashtirilishi va BMT vakillarining Isroilda bo‘lishini to‘liq qayta baholashga buyruq berdim", deb aytdi Netanyaxu.

Netanyaxuning aytishicha, u bu masala bo‘yicha AQShning bo‘lg‘usi ma'muriyati bilan gaplashgan, AQSh "bu rezolyutsiyani o‘zgartirishi va hech kimga Isroil davlatiga ziyon yetkazishga ijozat bermasligini" aytgan.

Top