09:53 / 25.12.2016
5094

Isroil muxolifati yetakchisi Isroil bosh vazirini iste'foga ketishga chaqirdi

Foto: Google image

Isroil muxolifati yetakchisi, "Sionistik lager" blokini boshqaruvchi Isaak Gertsog Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni iste'foga ketishga chaqirdi.

Uning aytishicha, Netanyaxuning AQSh rahbariyati bilan 8 yillik tinimsiz ixtiloflari 23 dekabrda yuz bergan natijaga, ya'ni BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan Isroilga Falastin hududida turar joylar qurishni taqiqlovchi rezolyutsiyaning qabul qilinishiga olib keldi.

Gertsog fikricha, Netanyaxu siyosati va muvaffaqiyatsizliklari Isroil uchun xavflidir. Uning ta'kidlashicha, u oxirgi yillar va oylar Netanyaxu o‘zining tashqi siyosati bilan Isroilni "kollaps"ga olib kelishidan ogohlantirgan.

"Agar Netanyaxuda zarracha mas'uliyat qolgan bo‘lsa, u davlat ishlarini boshqa boshqara olmasligini anglashi lozim", deb yozdi Gertsog feysbukda.

 

Mavzuga oid
Top