16:48 / 25.12.2016
83544

Navoiy viloyatiga yangi hokim tayinlandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 dekabr kuni Navoiy viloyatiga yangi hokim tayinladi.

"O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi, 15-bandi va 102-moddasi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi qaroriga muvofiq Qobul Beknazarovich Tursunov Navoiy viloyati hokimi lavozimiga tayinlansin", deyilgan O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Yangi hokim bu lavozimda Erkinjon Oqbutayevich Turdimov o‘rnini egalladi. Turdimov 16 dekabr kuni Surxondaryo viloyatiga hokim bo‘lgandi.

Tursunov bunga qadar Nurota tumani hokimi hamda Oliy Majlis Senatining Byudjyet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Qayd etish kerakki, bu shu oyning o‘zida yettinchi viloyatda hokim o‘zgarishi bo‘ldi. Bungacha, Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo, Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida rahbar o‘zgargandi. 4ta viloyat hokimi (Sirdaryo, Surxondaryo, Buxoro va Jizzax) o‘z lavozimlaridan tuman hokimligiga tushirilgan.

Mavzuga oid
Top