20:50 / 25.12.2016
28507

Shavkat Mirziyoyev Putinga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya rahbari Vladimir Putinga ta'ziyanoma yo‘lladi. Murojaat matni O‘zA saytida keltirilgan.

«Qora dengiz ustida Tu-154 samolyoti halokatga uchrashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani haqidagi xabarni og‘ir qayg‘u bilan qabul qildim», — deyilgan murojaatda.

«Mening chuqur ta'ziyamni qabul qilishingizni va halok bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman», —deya qayd etilgan ushbu ta'ziyanomada. 

Qayd etish kerakki, noxush voqea uchun prezident ta'ziyasi ko‘p vaqtlardan buyon bugun birinchi marta halokat sodir bo‘lgan kunning o‘zida bildirildi.

Mavzuga oid
Top