11:05 / 25.12.2016
43826

Sochidan uchgan Tu-154 Qora dengiz ustida qulab tushgan, omon qolganlar yo‘q

Foto: © RIA Novosti

Rossiya Mudofaa vazirligining harbiy-transport samolyoti Sochi aeroportidan chiqib, 20 daqiqadan keyin radarlardan yo‘qolgan.

TASS manbasining xabar qilishicha, samolyot Qora dengiz ustida qulagan.  Qirg‘oqdan 1,5 km masofada samolyot qoldiqlari topildi.

"Qirg‘oqdan 5,5 km masofada samolyot yoqilg‘isi to‘kilgan. Qirg‘oqdan 1,5 km masofadan layner qoldiqlari topildi. Qora dengiz akvatoriyasida yo‘lovchilarning shaxsiy buyumlari suzib yuribdi", deyilgan xabarda.

Yo‘lovchilarning birontasi tirik qolmagan.

Qora dengiz hududida 7ta kema samolyotni qidirish ishlariga jalb etilgan.

Bundan oldingi xabarlarda samolyot Krasnodar o‘lkasidagi tog‘larga qulagani aytilgandi.

Sochidan uchgan samolyot radarlardan yo‘qoldi

Mavzuga oid
Top