18:11 / 25.12.2016
24584

Tu-154 halokatga uchragan joyda olingan videotasvirlar tarqalmoqda

Rossiya saytlarida Tu-154 aviahalokati joyida, Qora dengiz hududida qidiruv ishlari olib borilayotgani aks etgan videolar e'lon qilinmoqda.

Videolarda dengizda kemalar turgani, havoda kamida bitta vertolyot uchayotganini ko‘rish mumkin. Video muallifi uni Adlerdan Sochiga poyezdda qatnash vaqtida olgan.

RF Mudofaa vazirligining Sochidan Suriyaga uchgan samolyoti 25 dekabr tongida radarlar ekranlaridan yo‘qolib qolgan. Keyinroq samolyot qoldiqlari Qora dengiz hududida topildi. Samolyot bortida jami 92 kishi (84 yo‘lovchi va ekipajning 9 a'zosi bo‘lgan. Yo‘lovchilar Aleksandrov ansambli musiqachilari hamda jurnalistlar edi. Guruh Halab shahrida konsert berishi ko‘zda tutilgandi.

Aviahalokat munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tu-154 qurbonlarining oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, shuningdek, 26-dekbarni Rossiyada umummilliy motam kuni deb e'lon qildi.

Top