01:40 / 25.12.2016
10835

Turkmaniston yetakchisi prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

Foto: © RIA Novosti

Turkmaniston Markaziy saylov komissiyasi (MSK) 24 dekabrda mamlakatning amaldagi prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedovni prezident saylovlariga nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV. MSK raisi Berdimuxamedovga tegishli guvohnomani topshirdi.

Turkmanistonda prezident saylovlari 2017 yil 12 fevralda bo‘lib o‘tadi. 

Berdimuxamedovning nomzodi joriy yilning 14 dekabrida Demokratik partiya anjumani ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan taklif qilingan.

Berdimuxamedov uchun bu prezident saylovlari uchinchisi bo‘ladi, u birinchi marta 2007 yilda, ikkinchi marta esa 2012 yilda saylovlarda ishtirok etgan.

Shuningdek, prezidentlikka nomzodlar sifatida Sanoatchilar va tadbirkorlar partiyasidan Bekmirat Ataliyev, Agrar partiyadan Durdiklich O‘razov ham ilgari surildi. 

Turkmanistonning yangi konstitutsiyasiga ko‘ra, prezidentlik vakolatlari 5 yildan 7 yilgacha oshirilgan hamda prezident sifatida saylanish uchun 70 yoshdan katta bo‘lmaslik cheklovi olib tashlangan.

Turkmaniston prezidenti Turkmanistonda tug‘ilgan, 40 yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini biladigan, oxirgi 15 yil ichida Turkmanistonda doimiy yashagan va ishlagan shaxs bo‘la oladi. 

 

Top