11:04 / 25.12.2016
40867

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining virtual qabulxonasi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining virtual qabulxonasi ishga tushdi.

"Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifiga muvofiq 2017 yil O‘zbekistonda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilindi. Bu tibbiyot xodimlari zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi.

Ana shundan kelib chiqib, Siz azizlar bilan yanada samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, hayotiy ehtiyojlaringiz to‘g‘risida yaqindan bilish, xususan, yurtimizda ko‘rsatilayotgan kafolatlangan hamda boshqa tibbiy xizmat turlari bo‘yicha hal etilmagan muammo, ariza, shikoyat yoki takliflaringizni atroflicha o‘rganib, ularga o‘z vaqtida yechim topish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining virtual qabulxonasi tashkil etildi.

Endilikda Siz vazirligimizning rasmiy veb-sayti www.ssv.uz, shuningdek, shu internet manzilida ko‘rsatilgan elektron pochta yoxud telefon orqali mazkur virtual qabulxonaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z murojaatlaringizni yuborishingiz  mumkin.

Murojaatingiz shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni  saqlash vaziri tomonidan ko‘rib chiqiladi, nazoratga olinadi va qonun doirasida hal etiladi", deyilgan vazirlik matbuot xizmati xabarida.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Ishonch  telefoni” raqami - 1003

Top