23:38 / 25.12.2016
18369

Video: Sanches «Manchester Siti»ga qarshi o‘yindan oldin Gundo‘g‘an kimligini bilmagan

«Arsenal»ning chililik hujumchisi Aleksis Sanches APLning 17-turida «Manchester Siti» klubiga qarshi o‘yindan oldin tunnelda o‘z vatandoshi Klaudio Bravo bilan suhbatlashgan. Ma'lum bo‘lishicha, u raqiblarning germaniyalik futbolchisi Ilkay Gundo‘g‘anni shu kungacha tanimas edi.

«Manchester Siti» futbolchilari o‘sha kuni og‘ir jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan Ilkay Gundo‘g‘anni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, uning nomi tushirilgan 8-raqamli futbolkalarda maydonga tushgandi.

Aleksis Sanches Gundo‘g‘an kimligini bilmagan va u haqda Bravodan so‘ragan.

Jurnalistlar ushbu suhbat matnini tuzib chiqishgan.

Bravo: Qayoqqa qarayapsan?

Sanches: Futbolkangda nima... Nima bo‘ldi? Kim bu?

Bravo: U tizzasidan jiddiy jarohat oldi.

Sanches: Yo‘g‘ye, kim o‘zi bu 8-raqam?

Bravo: Gundo‘g‘an.

Sanches: Yoshlar jamoasi futbolchisimi?

Bravo: Yo‘g‘ye, u Germaniya terma jamoasida o‘ynaydiku?

Sanches: Xa-xa-xa, tanimas ekanman. O‘zing yaxshimisan?

Bravo: Yaxshi, yaxshi, senchi?

Sanches: Men ham.

«Siti» futbolchilari «Arsenal»ga qarshi o‘yinda Gundo‘g‘anni qo‘llab-quvvatlab chiqishdi

Mavzuga oid
Top