20:16 / 26.12.2016
16978

Iguain jahon futboli tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi haqidagi savolga kutilmagan javob qaytardi

Madridning «Real» klubi sobiq hujumchisi Gonsalo Iguain dunyoda barcha davrlarning eng yaxshi o‘yinchisi kim ekani borasidagi savolga kutilmagan javob qaytardi. Forvard ayni damda Turinning «Yuventus» jamoasida to‘p surmoqda va uning fikricha, «Barselona», «Real» va Braziliya termasi sobiq hujumchisi Ronaldo eng yaxshi futbolchi ekan.

«Bolalik chog‘larimda Italiya chempionatini ko‘p kuzatib borardim. O‘sha paytda buyuk hujumchilar to‘p surgan - Trezege, Batistuta, Krespo va Montella. Bundan tashqari, u yerda Ronaldo bor edi. U jahon futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchidir», - deya aytib o‘tgan Iguain Italiya televideniyesiga bergan intervyusida.

Mavzuga oid
Top