20:16 / 26.12.2016
22662

Obama: ikki narsa sabab yig‘lab yuboraman

Foto: cnn.com

AQSh prezidenti Barak Obama uni yig‘lashiga sabab bo‘luvchi ikki narsa haqida aytib o‘tdi. U bu haqda Devid Akselrodga bergan katta intervyusi vaqtida to‘xtalgan, deb xabar beradi CNN.

«Meni yig‘latishga qodir ikki narsa bor. Bu o‘z qizlarim haqida gapirishim yoki ularni ko‘rishim. Ikkinchisi – bu mening jamoam. Men 2012 yilda saylovoldi kampaniya ofisiga kirganimda ular juda ham tirishqoqlik bilan mehnat qilayotganliklariga guvoh bo‘ldim. Ular meni ilhomlantiradi. Biz o‘tgan yillar davomida katta bir oilaga aylandik», - dedi Obama.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoasi a'zolaridan hech kim o‘z farzandiga Barak ismini qo‘ymaganidan juda afsusda ekan.

«Jamoa a'zolaridan ba'zilari mening ko‘z o‘ngimda katta bo‘lishdi, oila qurishdi, farzandlarni dunyoga keltirishdi, ularning bolalari esa Oq uy bo‘ylab chopib yurishibdi. Biroq hozirgacha hech kim o‘z farzandiga Barak deb ism qo‘ymadi, men bundan biroz tashvishdaman», - deya hazil qildi Obama.

 

Top