19:48 / 26.12.2016
9238

«Real» vakili Xitoy chempionatiga o‘tishga yaqin turibdi

Foto: eurosport

Madridning «Real» klubi himoyachisi Pepe qishda Xitoyga ko‘chib o‘tishi mumkin, deb xabar beradi Tribuna.uz. Ma'lumotlarga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi o‘zining amaldagi jamoasi bilan shartnoma uzaytirish yuzasidan muzokaralar olib bormoqda. U joriy mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan. Manbaning ta'kidlashicha, Pepega Xitoy klublari taklif bilan chiqishgan.

Futbolchi Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 8 uchrashuv o‘tkazib, bitta to‘p kiritdi.

Avvalroq, Xitoy futbol federatsiyasi mamlakat chempionatidagi legionerlarga cheklov o‘rnatish taklifi bilan chiqqandi.

Top