11:28 / 27.12.2016
22604

Manba: Tu-154 samolyoti qora qutisi topildi

Foto: TACC

Rossiya mudofaa vazirligining Sochida halokatga uchragan Tu-154 samolyotining qora qutilaridan biri topildi va yaqin orada suvdan chiqariladi, deb xabar bermoqda kuch tuzilmalaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi. 

Bundan tashqari, samolyot qulagan hududda 3 nafar jasad va ko‘plab qoldiqlar aniqlangan. 

Avvalroq Rossiya Federal xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati xodimi samolyotning suvga "g‘alati", go‘yoki orqa g‘ildirakda ketayotgan mototsikl kabi tumshug‘i tepaga qaragan holda qo‘ngani haqida ko‘rsatma bergan.

Bundan tashqari, samolyot ekipaji sardori samolyotni suvga qo‘ndirmoqchi bo‘lgani ma'lum qilingandi. 

 

Top