Moskva viloyatidagi Mitishida ona 7 yoshli farzandini 15-qavatdan itarib yubordi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
"Tergovning aniqlashicha, 26 dekabr kechasi Kaluga viloyatilik 34 yoshli ayol Mitishidagi kvartirada bo‘lganda, 2009 yilda tug‘ilgan 7 yoshli farzandini 15-qavatdan itarib yuborgan. Bola olingan jarohatlardan vafot etgan", deb aytildi xabarda.
Ma'lum qilinishicha, ayol hibsga olingan, u bilan tergov harakatlari olib borilmoqda.