08:53 / 27.12.2016
5714

Ukraina chig‘anoqlarni eksport qilishga o‘tmoqda

Foto: DPA

Ukrainada chig‘anoqlarni eksport qilish hajmi moy (salo) miqdoridan yetti baravarga oshib ketdi. Bu haqda Ukraina agrar biznesi saytida xabar qilindi.

«Joriy yilning birinchi o‘n oyi davomida 347 tonna chig‘anoq eksport qilindi. Taqqoslash uchun: shu yilning to‘qqiz oyida davomida xorijga faqatgina 51 tonna ukraina moyi (salo), atigi 9 tonna qo‘y go‘shti yetkazib berildi», - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, chig‘anoqlar eksporti 2013-2015 yillarda 3 dan 260 tonnaga qadar oshgan. Biroq, ularni faqatgina ikki mamlakat xarid qilmoqda - Ruminiya (25 foiz) va Litva (75 foiz). Shu bilan bir qatorda, ushbu mahsulot narxi juda arzondir.

«Mahalliy chig‘anoqlar asosan xom-ashyo sifatida olib kiriladi va ularning narxi ham besh baravar arzonroqdir. Mahsulot bir kilogrammining o‘rtacha qiymati kilogrammga 1 dollarni tashkil qiladi. Uni qayta ishlangan holda Fransiya, Vengriya, Italiya va Polshaga yetkazib berishadi», - deyiladi agrar biznesi klubining xabarida. 

 

Top