01:34 / 28.12.2016
6544

APL, 18-tur. "Liverpul" "Stok Siti"ni mag‘lub etib, 2-o‘ringa chiqib oldi

Foto: Twitter/LFC

APLning 18-turida "Liverpul" "Stok Siti" bilan bellashdi. "Enfild" o‘yingohida kechgan uchrashuv mezbonlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

"Liverpul" tarkibida gollarga Adam Lallana, Roberto Firmino va Deniyel Starrij 1tadan, shuningdek raqib futbolchisi Ganelli Imbula Vanga o‘z darvozasiga to‘p kiritdi. Mehmonlar yagona goliga Jonatan Uolters mualliflik qildi. 

Ushbu o‘yindan keyin "Liverpul" ochkolari sonini 40taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Stok Siti" esa 21 ochko bilan 13-pog‘onani band qilgan. 

Liverpul – Stok Siti 4:1 (2:1, 2:0)
Gollar:
0:1 – 12 Uolters, 1:1 – 34 Lallana, 2:1 – 44 Firmino, 3:1 – 59, avtogol Imbula, 4:1 – 70 Starrij.
Liverpul – Minole, Lovren, Klavan, Klayn, Milner, Veynaldum, Xenderson, Mane, Lallana (Jan, 69), Firmino (Moreno, 79), Origi (Starrij, 70).
Stok Siti – Grant, Shoukross, Piters, Jonson, Martins Indi, Uelan (Sobxi, 66), Imbula, Allen, Diuf (Afellay, 75), Krauch (Boni, 84), Uolters.
Ogohlantirishlar: Allen (36).

Mavzuga oid
Top