09:12 / 28.12.2016
9662

Eron AQSh bilan hamkorlik qilmasligini aytdi

Foto: ria.ru

Eron Suriyadagi harakatlarini AQSh bilan kelishmagan va u bilan hamkorlik qilmaydi, deb aytdi Eron mudofaa vaziri Husayn Dehqon RT’ga bergan intervyusida.

"Biz amerikaliklar bilan harakatlarimizni kelishmaganmiz va kelishmaymiz ham. Biz ular bilan hech qachon hamkorlik qilmaymiz", deb aytdi Dehqon.

Uning aytishicha, IShIDga qarshi g‘arb koalitsiyasi rasmiy xarakterga ega va "unda Iroq va Suriyada terrorchilarga qarshi jang qilishga haqiqiy istak yo‘q".

"Biz ular tomondan IShIDga qarshi kurashda haqiqatda foydali va jiddiy rol o‘ynashga tayyorlikni ko‘rmayapmiz, chunki ularning o‘zlari bu terrorchilarni yetishtirgan va ularni saqlab qolishdan manfaatdor. Ehtimol, koalitsiya kuchlari terrorchilarni kuchsizlantirishni istayotgandir, biroq yo‘q qilishni emas, chunki terrorchilar bu mintaqada va dunyoning boshqa hududlarida barqarorsizlik o‘rnatishda aslaha hisoblanadi. Terrorchilar Amerika, Saudiya Arabistoni va Qatardan ko‘mak oladi, ular Turkiya tomondan ham qo‘llab-quvvatlanadi", deb hisoblamoqda Dehqon. 

"Agar Eron, Rossiya va Suriya Turkiya bilan nafaqat bu guruhlarni, ayniqsa "Jibhat an-Nusra" va IShIDni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga, balki ularga qarshi kurashish borasida kelisha olsa, fikrimcha, biz o‘shanda Suriyadagi vaziyatning yaxshilanganini ko‘ramiz", deb aytdi Eron mudofaa vaziri.  

 

Mavzuga oid
Top