12:12 / 28.12.2016
8568

Qora dengizda Tu-154'ning 1,5 mingdan ortiq parchalari topildi

Qora dengizda Rossiya mudofaa vazirligiga tegishli bo‘lgan Tu-154 samolyotining 1,5 mingdan ortiq parchasi topildi. Bu haqda TASS kuch tuzilmalaridagi manbaga asosan xabar bermoqda.

«Qidiruv ishlari davomida hammasi bo‘lib samolyotning 1547 parchasi topildi, ulardan 567 tasi suv yuzasiga ko‘tarildi», - degan u.

Eslatib o‘tamiz, Moskvadan uchib chiqqan va Sochidagi aeroportdan yonilg‘i to‘ldirib, Suriyaga parvozni davom ettirgan samolyot bortida Rossiya havo-kosmik kuchlarining Xmeymim aviabazasida xizmat o‘tayotgan aviaguruhni Yangi Yil bilan tabriklashga yo‘l olgan Aleksandrov nomli ansambl musiqachilari, harbiy xizmatchilar va 9 nafar jurnalist bor edi. Samolyot radarlardan g‘oyib bo‘lganidan ko‘p vaqt o‘tmasdan Sochi qirg‘og‘idan 1,5 kilometr ichkarida, Qora dengiz hududida qulab tushgani ma'lum bo‘ldi. Samolyotda jami 92 kishi bo‘lgan. 

 

Top