15:36 / 28.12.2016
16743

Rossiya va Turkiya Suriya masalasida yangi kelishuvga erishdi

Foto: Anadolu

Turkiya va Rossiya Suriya masalasi bo‘yicha keng qamrovli rejani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Manbalarning ma'lumotlariga ko‘ra, Halabning sharqiy tumanlari va aholi evakuatsiya qilingan hududlarda o‘t ochishni to‘xtatish borasida kelishuvga erishgan tomonlar butun mamlakat bo‘yicha ushbu rejani amalga oshirish bo‘yicha ham yagona to‘xtamga kelishgan.

Ma'lum qilinishicha, kelishuv muxolif guruh va Bashar Asad kuchlari o‘rtasida jang kechayotgan butun hududlarni qamrab oladi.

Top