AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning ta'kidlashicha, amaldagi davlat rahbari Barak Obamaning saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Tramp raqibi Hillari Klinton anjumanlarida shaxsan ishtiroki ham g‘alabaga olib kelmagan. Tramp Twitter sahifasida shu haqda yozgan.
«Prezident Obama Klintonning o‘z nomzodini aniqlab olmagan muhim shtatlardagi kampaniyasida bevosita ishtirok etdi va yutqazdi. Saylovchilar Amerikani yana buyuk qilishni xohlashdi ( Make America great again — Trampning saylovoldi shiori)», — deb yozgan Tramp.
Bundan avvalroq, Barak Obama 2016 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etganida g‘olib chiqishi mumkinligini aytgan edi.