Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho'g'li Bashar Asad prezident maqomida qolar ekan Suriyada tinchlik o'rnatib bo'lmasligi haqida ma`lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi ma`lum qilmoqda.

Uning so'zlariga ko'ra, Suriya muxoliflari Asadning hokimiyat tepasida qolishini hech qachon qabul qila olmaydi.

Turkiya tashqi ishlar vazirligining rahbari o'z mamlakati va Rossiya o'rtasida Suriyada keng qamrovli o't ochishni to'xtatish borasida kelishuvga erishilganini tasdiqladi.