19:28 / 29.12.2016
70028

2 yanvar dam olish kuni deb e'lon qilindi

O‘zbekistonda 2 yanvar kuni dam olish kuni bo‘ladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni 2017 yil 2 yanvarni dam olish kuni deb e'lon qilish to‘g‘risidagi farmoyishini imzoladi.

«Fuqarolar va respublika jamoat tashkilotlarining ko‘plab murojaatlarini hisobga olib, dam olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida hamda yangi 2017 yil nishonlanishi munosabati bilan: 2017 yil 2 yanvar – dushanba dam olish kuni deb e'lon qilinsin», deyilgan farmoyishda. 

Top