17:08 / 29.12.2016
69901

2016 yilda O‘zbekiston hayotida ro‘y bergan asosiy voqealar

2016 yil poyoniga yetmoqda. Nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo tarixida og‘ir iz qoldirib o‘tayotgan bu yilda mamlakat tarixidagi eng yaxshi kunlar ham, eng yomon kunlar ham bo‘lib o‘tdi. KUN.Uz tahririyati o‘z nuqtai nazari bo‘yicha yilning eng muhim bo‘lgan voqea-hodisalarni yodga oladi.

Yanvar

Yilni vahimali harakatlari bilan boshlagan KXDRning harakatlariga O‘zbekiston tomoni ham o‘z munosabatini bildirib chiqdi. O‘zbekiston KXDRda o‘tkazilgan yadro sinovlari yuzasidan tashvish bildirdi.
22 yanvar. O‘zbekistonning yangi Bojxona kodeksi tasdiqlandi
25 yanvar. Yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari e'lon qilindi
26 yanvar. Meva va sabzavotlarni avtotransport vositalarida eksport qilishga 1 iyulgacha ruxsat berildi

Fevral

4 fevral. Toshkent viloyatiga Sodiq Abdullayev hokim etib tayinlandi. U ehtimol viloyatning eng kam muddatli hokimi bo‘ldi, u 6 oydan keyin ishdan oldindi.
9 fevral. Amudaryolik ona 3 nafar farzandni dunyoga keltirdi
12 fevral. Nobiometrik pasport bilan O‘zbekistonga qaytish mumkinligi ma'lum qilindi.
28 fevral. Qamchiq temiryo‘l tunneli tutashtirildi


Mart

15 mart. O‘zbekiston «Gazprom»ga 4 mlrd kub metr gaz sotishi ma'lum bo‘ldi
17 mart. Ukraina O‘zbekiston avtomobillariga qo‘yilgan maxsus bojni bekor qildi
22 mart. Prezident Islom Karimov O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan qutladi
24 mart. Toshkentda sanoat forumi ochildi
26 mart. Toshkentda 12- va 26-yo‘nalishlarida tramvay harakati to‘xtatildi

Aprel

4 aprel. Buxoro viloyatida mobil quyosh elektrostansiyasi ishga tushdi
11 aprel. Meva va sabzavotlarni mashinalarda eksport qilishga qayta ruxsat berildi
Toshkent tramvayi kelajagi xavf ostida qoldi. Yo‘nalishlar birin-ketin yopildi va may oyining ilk kunlarida shaharda bitta ham tramvay yo‘li qoldirilmadi
15 aprel. Islom Karimov «Ko‘ksaroy» rezidensiyasida Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevni qabul qildi
18 aprel. «O‘zbekoziqovqatzaxira» assotsiatsiyasi tuzildi
19 aprel. Qandim GQIM qurilishi boshlandi
26-27 aprel kunlari Islom Karimov Moskvada bo‘ldi

26 aprel. Ajrashish Toshkent propiskasini bekor qilishi belgilab qo‘yildi
27 aprel. Pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshirildi

May

5 may. Qamchiq dovonidagi ko‘chki natijasida 5 kishi qurbon bo‘ldi
8 may. Prezident Xotira maydoniga tashrif buyurdi
11 may. TDTU qayta tashkil etiladigan bo‘ldi
16 may. Milliy universitet qayta tashkil etilishi boshlandi
21 may. Ustyurt GKM foydalanishga topshirildi
23 may. Pedagogika universiteti ko‘chirilishi boshlandi
O‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etildi
30 may. Erkin Vohidov olamdan o‘tdi
31 may. Angren-Pop yo‘nalishida ilk sinov poyezdi harakatlandi

Iyun

 

Oy boshida O‘zbekistonda yirik moliyaviy piramida aniqlandi. Chinozlik Ahmadboy minglab o‘zbekistonliklarni chuv tushirdi. Oy oxiriga kelib O‘zMTRK telekanallarida Ahmadboy haqida batafsil ko‘rsatuvlar efirga uzatildi.

22 iyun kuni O‘zbekiston prezidenti va XXR raisi “Qamchiq” dovoni bo‘ylab yuradigan ilk poyezdga start berishdi.

Shu oyda, 23-24 iyun kunlari Toshkent Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi sammitiga mezbonlik qildi. Undan oldinroq O‘zbekiston poytaxtida Hyatt Regency mehmonxonasi qurib bitkazilgandi. Aynan shu mehmonxona sammit ishtirokchilariga xizmat ko‘rsatdi. ShHT yetakchilari sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasini qabul qilishdi.

Iyul

Bu oy boshida Qozog‘iston hududida chorva mollarida kuydirgi xastaligi aniqlandi. O‘zbekistonga qo‘shni mamlakatlar hududidan chorva mollari olib kirilishiga cheklov qo‘yildi.

O‘zbekistonda mustaqillik bayramiga 2 oy qolganida "25" fleshmobi qizg‘in olib borildi, bunda har kim bu sonni original tarzda ifodalashga kirishib ketdi.

Islom Karimov Oqsaroyda Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi prezidentini qabul qildi.

Oy oxirida mojaro girdobida qolgan GM Uzbekistan AJga yangi rahbar tayinlandi.

Avgust

Odatdagidek OTMga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Oy o‘rtasida O‘zbekiston avtosalonlarida uchinchi avlod Nexia sotila boshlandi.

Bu vaqtda Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada o‘zbekistonlik sportchilar zafarli yurishlarini davom ettirishdi. O‘zbekiston Mustaqillik bayramiga taraddud ko‘rdi.

23 avgust kuni Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida 4ta oltin, 2ta kumush va 7ta bronza olib, yuqori natijalarni qayd etgan O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Toshkentga qaytib keldi.

Oy oxirida mamlakat prezidentining sog‘ligi yomonlashgani xabar qilindi.

Sentyabr

2016 yil 1 sentabrda O‘zbekiston aholisi mamlakat mustaqilligining 25 yilligini nishonladi. Biroq, unda, xastaligi sababli Respublikaning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ishtirok eta olmadi. 2 sentabrda mustaqil O‘zbekiston Birinchi Prezidenti, davlat va siyosat arbobi Islom Karimov 78 yoshida insult tufayli hayotdan ko‘z yumdi. Islom Karimov 3 sentabrda Samarqand shahridagi Shohi Zinda majmuasiga dafn etildi.

Qonunchilikka ko‘ra, bunday vaziyatda saylovgacha prezidentning vazifasini bajarib turishi kerak bo‘lgan Senat raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev bu vazifani bajarishdan bosh tortdi va bosh vazir Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchiga aylandi.

Tez orada navbatdan tashqari prezidentlik saylovini o‘tkazish belgilandi va 4ta partiya o‘z nomzodlarini ilgari surdi.
O‘zbekistonda davlat idoralarida rahbarlar almashtirilishi boshlandi, dastlabki o‘zgarishlar prokuratura va IIV organlarida amalga oshirildi. Keyingi oylar davomida rahbarlar o‘zgartirilishi davom ettirildi va hamon davom etmoqda.

O‘zbekiston bosh vazirining virtual qabulxonasi ishga tushirilib, xalq muammolari yo‘llangan murojaatlar orqali hal qilib berila boshlandi va bu jarayon davom etmoqda.

Bu oyda O‘zbekiston bo‘ylab paxta hosilini terib, yig‘ib olish uchun ishlar jadal olib borildi, hatto  Qashqadaryoning Mirishkor tumanida Paxtakorlar uchun shaharcha tashkil qilindi.
24 sentabrdan yo‘l qoidalarini buzganlik uchun yangi jarimalar kuchga kirdi. Shuningdek, yo‘l qoidalarini buzgan piyodalarga solinadigan jarima miqdori tasdiqlandi.
O‘zbekistonda shartnoma bo‘yicha harbiy xizmat muddati o‘zgardi.

Oktyabr

 

Qirg‘iziston delegatsiyasining tashrifi. Farg‘ona vodiysi va Qirg‘izistonning chegaradosh viloyatlari o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladigan bo‘ldi.
Toshkentda avval yopilgan yo‘llar ochiladigan bo‘ldi.
Oliy ta'lim vazirligi tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritildi
Sergeli tumanida 6 metro bekati va 500 yangi turar joy binolari bunyod etilishi belgilandi.
O‘zbekistonda yangi erkin iqtisodiy hudud (Urgut tumani) tashkil etilishi belgilandi.
7 oktabr kuni Toshkentdagi “Islom ota” jome' masjidi foydalanishga topshirildi.
Samarqandda pomidor kombaynda terib olinishi yo‘lga qo‘yildi.
Davlat tashkilotlari xodimlari uchun Toshkent shahri va viloyati propiskasi ochildi.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishdayoq qabul qilindi.
21 oktabr kuni Samarqandda tramvay yo‘li qurilishi boshlandi.
«O‘zavtosanoat» AK mahsulotlari Shimoliy Afrika va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga eksport qilina boshladi.
26 oktabr kuni Adham Ikromov boshchiligidagi delegatsiya do‘stlik safari bilan Qirg‘izistonga bordi.
31 oktabr. Moskva xiyobonlaridan biri O‘zbekiston birinchi Prezidenti sharafiga nomlanadigan bo‘ldi.

Noyabr

O‘qituvchilarga soatbay haq to‘lash miqdorlari oshirildi. 
4 noyabr. O‘zbekistonga ikkinchi Dreamliner olib kelindi
5 noyabr. O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov hayotdan ko‘z yumdi.
14 noyabr. O‘zbekistonliklar SUPeROYni tomosha qilishdi.
18 noyabr. Erdo‘g‘an Samarqandga keldi va Turkiya hamda O‘zbekiston munosabatlarida yangi sahifa ochildi.
24 noyabr. O‘zbekiston xalqaro armiyalar tanloviga taklif etildi.
28 noyabr. Vladimir Putin O‘zbekiston bilan harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvni ma'qulladi
29 noyabr. Rossiya va O‘zbekiston harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish shartnomasini imzoladi
 

Dekabr

4 dekabr kuni O‘zbekistonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. 4 ta siyosiy partiya nomzodlari ishtirokida o‘tkazilgan saylov yakunida saylovchilarning 88,61 foizi O‘zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyevni qo‘llab-quvvatladi. O‘zbekistonda rasman yangi davr boshlandi.

6 dekabr. O‘zbekiston 27 davlat sayyohlari uchun viza tartibini bekor qiladi
6 dekabr. Turizm iqtisodiyotning strategik sektoriga aylanadi
7 dekabr. 2017 yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» bo‘ladi
13 dekabr. Adham Ikromov sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi
14 dekabr. Senat 2017 yilgi davlat byudjyetini tasdiqladi
14 dekabr. Shavkat Mirziyoyev Prezident lavozimiga kirishdi
14 dekabr. Abdulla Aripov O‘zbekiston hukumatiga rahbar bo‘ldi
14 dekabr. Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori o‘zgardi
15 dekabr. O‘zbekiston hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
20 dekabr. Xitoy kompaniyasi Samarqand yaqinida geliostansiya quradi
20 dekabr. Namanganda yo‘llar va kommunikatsiyalar yaxshilanadi
21 dekabr. 179 kishi O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi
21 dekabr. Harbiy xizmatga chaqiruv e'lon qilindi
23 dekabr. Galina Melnikova Xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi
27 dekabr. Avtomobillarni olib qochganlik uchun jazo kuchaytirildi
28 dekabr. O‘zbekiston va Tojikiston savdo-iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
28 dekabr. Erkin Vohidov yashagan uyda yodgorlik lavhasi o‘rnatildi

 

Top