17:50 / 29.12.2016
5778

Allegri ingliz grandlaridan birida yangi davrni boshlashi mumkin

"Yuventus" jamoasi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Londonning "Arsenal" jamoasi taklifini ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda Tribuna.uz yozmoqda.

Ushbu mutaxassis yangi jamoada uzoq vaqt ishlab, yangi davrni barpo etishni istamoqda.

Bundan oldingi xabarlarda italiyalik ushbu mutaxassis keyingi yil yozida turinliklar jamoasini tark etishi mumkinligi, bu vaqtda esa "kanonirlar" bosh murabbiyi Arsen Venger katta ehtimol bilan 20 yillik faoliyatini yakunlashi aytilgandi.

Italiyalik jurnalistlarning fikricha, Allegri matbuot bosimini ko‘tara olmayapti, shuningdek, jamoaning asosiy futbolchilari Janluidji Buffon va Paulo Dibala bilan aloqalarni yaxshi yo‘lga qo‘ya olmagan. 

49 yoshli ushbu murabbiyi "Yuventus"ni  2014 yildan buyon boshqarmoqda. U bungacha "Milan", "Kalyari" va "Sassuolo" kabi jamoalarda ham ishlagan.

Top