00:23 / 29.12.2016
9555

O‘zbekiston va Tojikiston navbatdagi hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha kelishib oldi

O‘zbekiston va Tojikiston o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 5-yig‘ilishini 2017 yilda o‘tkazishga kelishib oldi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qilishicha, navbatdagi yig‘ilish Toshkentda o‘tkaziladi. 

27-29 dekabrda Dushanbeda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Top