19:17 / 29.12.2016
10261

Windows’da noodatiy “yashil ekran o‘limi” paydo bo‘ldi

Foto: softpedia.com

Yangi Windows 10 (build 14997) foydalanuvchilari odatiy ko‘k rangning o‘rniga yashil rangdagi “o‘lim ekrani”ga duch kelishdi. Bu haqda The Verge yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, “ko‘k ekran o‘limi” rangini faqatgina tizimning boshlang‘ich nusxasiga ega Windows Insider foydalanuvchilarida yashilga o‘zgartiradi. Bu holat ishlab chiqaruvchilarga qaysi operatsion tizim bilan muammolar yuzaga kelganini tushunishda yordam beradi. Biroq Microsoft nega aynan yashil rangni tanlagani noma'lumligicha qolmoqda.

“Ko‘k ekran o‘limi” Microsoft Windows operatsion tizimlarida undagi yirik xatodan xabardor etadi. Kompaniyada Windows 8 chiqarilishi bilan xatoli ekran ham yangilandi va batafsil texnik ma'lumot o‘rniga yengillashtirilgan yondashuv qo‘llandi. U foydalanuvchilarga tushunarli bo‘lib, “ma'yus jilmayish” tasviri va kompyuterni o‘chirib yoqish kerakligi haqida xabar paydo bo‘ladi.

Windows 10’da esa xato kuzatilgan paytda displeyda QR-kod chiqadi. U mutaxassislarga muammo nimada ekanini tushunishda, oddiy foydalanuvchilarga esa – muammo yechimini internet orqali topishda yordam beradi.

 

Mavzuga oid
Top