16:47 / 30.12.2016
5524

Hindistondagi ko‘mir konida o‘pirilish sodir bo‘ldi, 40 konchi yer ostida qolib ketgan

Foto: AFP

Hindistonning Jarkxant shtati hududidagi ko‘mir konida o‘pirilish yuz berdi, 40 dan ortiq konchi yer ostida qolib ketgan. Bu haqda Hindustan Times xabar bermoqda.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, hodisa 29 dekabr tungi vaqtlarda sodir bo‘lgan. O‘pirilish sabablari aniqlashtirilmoqda.

Qutqaruv amaliyoti 30 dekabr kuni ertalab boshlangan. Voqea joyiga Dxanbod va Patna shaharlaridan bo‘lgan qutqaruv otryadlari jo‘natildi.

Top