AQSh prezidenti Barak Obama Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish haqidagi farmonni imzoladi.
Ta'kidlanishicha, AQSh bir qator rossiyalik diplomatlarga qarshi sanksiyalar kiritgan.
Bundan tashqari, AQSh Rossiyaning Merilend va Nyu-Yorkdagi diplomatik missiyalarini ular razvedka maqsadida qo‘llanishini aytib yopdi.
Avvalroq Obama 29 dekabrda Moskva xakerlik hujumlariga aloqadorligi sababli Rossiyaga qarshi sanksiyalar kengaytirilishini e'lon qilishi ma'lum qilingan.