17:21 / 30.12.2016
42174

Odil Ahmedov rasman yangi jamoaga o‘tdi

«Krasnodar» futbol klubi yarim himoyachisi o‘zbekistonlik Odil Ahmedov Xitoyning “Shanxay SIPG” klubiga o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi sardori rus klubida 2014 yildan beri to‘p surgan. Bu haqda Tribuna.uz yozmoqda.

Krasnodarliklar jamoasi rasmiy sayti ma'lumotiga ko‘ra, Odil Ahmedov Xitoyning “Shanxay SIPG” klubiga o‘tgan. U endi Xalk va Oskar bilan birga to‘p suradi. Jamoaga esa Villash-Boash murabbiylik qiladi.

Bundan oldingi xabarlarda futbolchining transfer qiymati 7 million yevrodan ortiqligi aytilgandi.

Ahmedov Rossiya futbol premer-ligasining joriy mavsumida 14 uchrashuvda ishtirok etib, bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Top