O'zbekiston Respublikasi qonunchiligining 2016 yil 29 dekabridagi "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta`minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 418-sonli qonuniga muvofiq mamlakatning Soliq kodeksiga soliq teshiruvlarini o'tkazish tartibiga doir o'zgarishlar va qo'shimchalar kiritildi. Bu haqida norma.uz saytida ma`lum qilindi. 

Yangi tahrirga ko'ra, soliq to'lovchilarga nisbatan ikki turdagi soliq tekshiruvi o'tkaziladi: rejali va rejasiz.

Rejaga muvoviq o'tkaziladigan tekshiruvlar - nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan tekshiruvlar rejasi asosida o'tkaziladigan tekshiruvlar. 

Rejasiz tekshiruvlar - yuridik shaxsning tugatilishi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilishiga doir murojaatlari asosida, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ qarori bilan o'tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar. 

Shuningdek, rejadan tashqari soliq tekshiruvlarini o'tkazish asoslariga muayyan to'g'rilashlar kiritilgan. 

Bundan tashqari, Soliq kodeksiga muqobil tekshiruvlarning bekor qilinishi bilan bog'liq tahrirlar ham kiritilgan. 

Kodeksdagi o'zgarishlar 2017 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi.