14:46 / 31.12.2016
4974

Bag‘dod markazidagi bozorda ikki portlash sodir etildi

Foto: Reuters

Bag‘dod shahrining markazida sodir etilgan ikki portlash natijasida halok bo‘lganlar soni 28 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqida Associated Press xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, jarohatlanganlar soni ham oshib, 54 nafarga yetgan. Politsiya xodimlari ikki portlash ham xudkush-terrorchi tomonidan sodir etilganligini taxmin qilishmoqda. 

Portlash 31 dekabr, shanba kuni Bag‘dodning As-Sinak tumanidagi odam ko‘p bo‘lgan bozorda ro‘y bergan. 

Hozircha hech bir guruh portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q. 

 

Top