20:17 / 31.12.2016
5135

Iroqlik harbiylar Mo‘sulda 180 jangarini yo‘q qildilar

Foto: AFP

Iroq xavfsizlik kuchlari 31 dekabrga o‘tar kechasi Mo‘sulning turli qismlarida IShIDning kamida 180 jangarisini yo‘q qildilar, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi. 

Ma'lum qilinishicha, aksilterrorchilik xizmatining bir necha jangchilari ertalabgacha Mo‘sulning sharqiy qismidagi Al-Quds tumanini tozalashgan. Shahar shimolida 16-diviziya jangchilari esa jangarilardan parranda fabrikasi va farmatsevtika zavodini qaytib olishgan. 

"Shaharning janubi-sharqiy qismida jangarilar minalashtirilgan avtomobillardagi xudkushlar yordamida federal politsiya va 9-diviziya askarlari joylashgan binoga hujum qilishgan, biroq qo‘shinlar hujumni qaytarishgan va oqibatda 98 jangari yo‘q qilingan", deb aytdi huquq-tartibot muassasalaridagi xodim.

Mo‘sul shimolida 16-diviziya AQSh boshchiligidagi koalitsiya samolyotlari ko‘magida jangarilarning hujumini qaytargan. Bu jang oqibatida 70 jangari va minalashtirilgan avtomobillardagi 12 xudkush yo‘q qilingan.

 

Mavzuga oid
Top