02:24 / 31.12.2016
26512

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining virtual qabulxonasi ishga tushdi

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining virtual qabulxonasi ish boshladi.

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga endi ichki ishlar organlari vakolatlariga tegishli masalalar bo‘yicha murojaatlarni internet tizimidagi Namangan viloyati IIBning rasmiy sayti orqali www.namanganiib.uz/online/portal havolasiga kirib yo‘llash imkoniyati mavjud. Saytda shuningdek murojaat bajarilish holatini tekshirib ko‘rish ham mumkin.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabr kungi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasining sayyor qabulxonasi tashkil etildi. Sayyor qabulxona samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun bir dona yangi Isuzu rusumli avtobus maxsus jixozlandi.  

2016 yil 30 dekabr kuni Namangan viloyati IIB boshlig‘i tomonidan viloyatning Chortoq tumanida joylashgan Karoskon va Saroy qishloqlariga safar uyushtirilib, sayyor qabul va xalq bilan muloqot tadbirlari boshlandi.

Muloqot davomida nafaqat ichki ishlar organlariga tegishli masalalar, balki bugungi kunda mavjud boshqa masalalar hamda ularni yechimi o‘rtaga tashlandi. Barcha murojaatlar, taklif va muloxazalar to‘liq qabul qilib olinib, bir nechta masala joyni o‘zida mutasaddi tashkilotlarni jalb etgan holda yechildi, qolgan murojaatlarni tez kunda tegishli idoralar bilan birgalikda hal etishga kelishib olindi.  

Bo‘lib o‘tgan muloqot jarayoni samimiy tarzda o‘tib, barchada iliq taassurot qoldirdi.

Namangan viloyati IIB Matbuot xizmati

Top